“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
2026-10-14 14:00:00 / Yangiliklar

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish hamda ularning intellektual salohiyatini yanada oshirishdan iborat. O‘yin davomida ishtirokchilarga turli mavzularga oid qiziqarli va mantiqiy savollar berilib, ular o‘z bilimlari, topqirligi, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv jarayonida o‘quvchilar savollarga javob topish, o‘zaro fikr almashish va jamoaviy hamkorlikda ishlash orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.



