13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni
2026-10-13 16:00:00 / Yangiliklar

13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga tabiiy ofatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.



