"Yosh qutqaruvchi — qutqaruvchi sharafli kasb” mavzusida targ‘ibot tadbiri
2026-10-13 10:20:00 / Yangiliklar

O‘quvchilar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda qutqaruvchilik kasbining naqadar sharafli va mas’uliyatli ekanligini keng targ‘ib etish maqsadida “Yosh qutqaruvchi — qutqaruvchi sharafli kasb” mavzusida targ‘ibot tadbiri, amaliy mashg‘ulotlar va uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga qutqaruvchilarning kundalik faoliyati, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda inson hayotini saqlab qolishdagi muhim vazifalari haqida tushunchalar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Shuningdek, soha vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yoshlarning qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.




