Har bir sinov — yuksalish imkoniyati!
2026-10-10 11:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘quv qismi tasarrufidagi fanlar bo‘yicha nufuzli Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichiga munosib tayyorgarlik ko‘rish reja-grafigi ishlab chiqilgan. Mazkur reja ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarning bilim darajasini muntazam monitoring qilib borish maqsadida tizimli ravishda MOCK (saralash va sinov) testlari o‘tkazib kelinmoqda. Har bir o‘quv haftasi yakunida ushbu sinov natijalari tajribali fan o‘qituvchilari tomonidan chuqur tahlil qilinib, o‘quvchilarning yo‘l qo‘ygan xatolari ustida individual ishlash hamda kelgusi tayyorgarlik strategiyasini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda.



