Hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-10-09 10:30:00 / Yangiliklar

Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Shahrisabz shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔸 Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ta’lim va tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda o‘zaro tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔸 Hamkorlik doirasida o‘quvchilarning bilim va salohiyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli ta’limiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutiladi.
🔸 Ushbu hamkorlik ikki ta’lim muassasasi uchun yangi istiqbollarni ochib, yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratishiga ishonamiz!
https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo b






