“Zakovat” – bilimlar bellashuvi tashkil etildi
2026-10-08 15:20:00 / Yangiliklar

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv davomida o‘quvchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘zlarining bilim, topqirlik va tafakkur salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.






