🔬 Nazariyadan — amaliyotga!
2026-10-07 11:20:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyida “Tekis tezlanuvchan harakatda tezlanishni aniqlash” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.
⚙️ O‘quvchilar nov, po‘lat sharcha va elektron vaqt o‘lchagich yordamida tajribalar o‘tkazib, harakat masofasi hamda vaqtini o‘lchadilar. Olingan natijalar asosida tezlanishni hisoblab, nazariy bilimlarini amalda sinab ko‘rdilar.
📐 Har bir o‘lchov — aniqlik, har bir tajriba — yangi bilim!

