Saf mashg‘uloti: intizom, aniqlik va mahorat
2026-10-06 11:20:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyi ikkinchi bosqich o‘quvchilari bilan "Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik" fanidan “Qurol bilan saf amallarini bajarish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar qurol bilan qad rostlab turish, qurol tasmasini bo‘shatish yoki tortish, qurolni “tasmaga” holatidan “ko‘krakka” holatiga o‘tkazish va qurolni “ko‘krakka” holatidan “tasmaga” holatiga o‘tkazish usullarini bajarish tartibini o‘rganishdi.



