Sport — do‘stlik va sog‘lom raqobat maydoni!
2026-09-27 15:30:00 / Yangiliklar

2-kurs o‘quvchilarining dam olish kunini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazildi.
O‘quvchilar futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha o‘zaro bellashib, chaqqonlik, mahorat va jamoaviyliklarini namoyon etdilar.
Tadbirlar ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhitda o‘tdi. Bunday musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.








