FIZIKA FANIDAN NAVBATDAGI LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
2026-09-21 10:00:00 / Yangiliklar

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 3-25 guruhi o‘quvchilari bilan fizika fanidan “Tok manbaining elektr yurituvchi kuchi va ichki qarshiligini aniqlash” mavzusida navbatdagi laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔬 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliy tajribalar orqali mustahkamlab, laboratoriya jihozlari bilan ishlash va o‘lchov natijalarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
📚 Nazariya + amaliyot = mustahkam bilim!



