Oila — mustahkam qo‘llab-quvvatlash maskani
2026-09-18 15:30:00 / Yangiliklar

Harbiy xizmatchilarning oilaviy muhitini mustahkamlash, oila a’zolari bilan samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularni xizmat faoliyatida qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida oila a’zolari bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mustahkam oila — harbiy xizmatchining xizmatdagi ishonchi va barqarorligining muhim omilidir.




