“MA’NAVIYAT QALQONI”
2026-09-15 11:00:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyida o‘quvchilar ishtirokida “Ma’naviyat qalqoni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda turli ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetini shakllantirishga qaratilgan test sinovlari tashkil etildi.
Sinov yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning bilim va salohiyatini sinash, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda faol ishtirokini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.







