SOG‘LOM VA XAVFSIZ OVQATLANISH — DOIMIY NAZORATDA
2026-09-13 11:00:00 / Yangiliklar

O‘quvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitini ta’minlash maqsadida oshxonada navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida o‘quvchilarning ota onalari, mas’ul navbatchilar, sanitariya uchun mas’ul xodimlar hamda autsorsing xizmati vakillari ishtirok etib, tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, to‘liqligi, saqlanishi va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqlilik holati;
🔹 Taomlarning belgilangan talablar asosida tayyorlanishi;
🔹 Oshxona va jihozlarning sanitariya holati;
🔹 O‘quvchilarga taomlarni xavfsiz va sifatli yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



