SALOMATLIK — MUHIM QADRIYAT
2026-09-12 16:45:00 / Yangiliklar

"Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish, ular uchun toza, ozoda va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish maqsadida yotoqxona binosida navbatdagi dezinfeksiya ishlari olib borildi.
🧪 Dezinfeksiya jarayonida yotoqxona xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda sanitariya holati muntazam nazorat qilinadigan hududlarga ishlov berildi.
🥼 Ishlar belgilangan sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilgan holda, maxsus dezinfeksiya vositalari va himoya kiyimlaridan foydalangan holda amalga oshirildi.



