Uch avlod uchrashuvi
2026-09-09 11:00:00 / Yangiliklar

Shahrisabz Madaniyat saroyida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari, Shahrisabz yoshlari hamda nuroniylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbir davomida nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy suhbatlar o‘tkazilib, hayotiy tajriba, milliy qadriyatlar, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasi borasida fikr-mulohazalar almashildi.





