Kunni tetiklik va yaxshi kayfiyat bilan boshlaymiz!
2026-09-05 07:00:00 / Yangiliklar

✅Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotini HAL direktori Z.Toʻrayev boshqardi.
✅Mashgʻulotda turli jismoniy mashqlar orqali ishtirokchilarning chaqqonligi, bardamligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.





