YO‘L QOIDALARIGA RIOYA QILISH — XAVFSIZLIK KAFOLATIDIR
2026-09-04 15:30:00 / Yangiliklar

❇️ Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Yo‘l qoidalariga rioya qilish — xavfsizlik kafolatidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
❇️Tadbirda Shahrisabz shahar Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi katta inspektori Begzod Bo'ronov ishtirok etib, yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyati haqida ma’lumot berdi.
❇️Uchrashuv davomida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda ehtiyotkorlikni oshirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.



