Qurilish jarayonlari o‘rganildi
2026-07-09 14:00:00 / Yangiliklar

✅ Qarshi harbiy prokurori, adliya polkovnigi J.A. Ashurov harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdi.
✅ Tashrif davomida litsey hududida kapital ta’mirlanayotgan yotoqxona binosida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. Xususan, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonlarining belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Shuningdek, mas’ul mutasaddilar bilan qurilishning borishi yuzasidan fikr almashilib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.





