Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-07-02 12:00:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan shaxsiy tarkibga bugungi kunda keng tarqalayotgan internet firibgarligi, kiberjinoyatlar, onlayn kreditlar va moliyaviy firibgarliklarning oldini olish, shuningdek, axborot xavfsizligiga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarga firibgarlarning zamonaviy usullari, ularga aldanib qolmaslik yo‘llari hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi. Tadbir yakunida mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.







