Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini boshladi
2026-06-23 10:00:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul komissiyasi o‘z faoliyatini boshladi.
Komissiya tomonidan litseyga hujjat topshirgan nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda qabul qilinib, ularning to‘liqligi va amaldagi talablar asosida rasmiylashtirilganligi sinchiklab o‘rganilmoqda.
Qabul jarayonlari shaffoflik, xolislik va amaldagi me'yoriy hujjatlar talablari asosida tashkil etilib, har bir nomzodning hujjatlari mas'uliyat bilan ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, murojaat qiluvchilarga qabul tartibi yuzasidan zarur tushuntirish va maslahatlar berilmoqda.



