“Zakovat” – bilimlar bellashuvi tashkil etildi
2026-06-22 10:00:00 / Yangiliklar

"Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida Axborot-resurs markazi hamda Shahrisabz Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘zlarining bilim va tafakkur salohiyatlarini namoyon etdilar. Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✨ Bilimga intilish va mutolaa – yuksak natijalar garovi!







