Yozgi ta’til oldidan profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-06-20 15:00:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litsey o‘quvchilari bilan yozgi ta’tilni mazmunli va xavfsiz o‘tkazish maqsadida profilaktik yo‘riqnoma mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga shaxsiy xavfsizlik, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, suv havzalarida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish hamda turli huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mas’ullar tomonidan har bir o‘quvchining ta’til davrida intizomli bo‘lishi, ota-onalar nazoratidan chetda qolmasligi va bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga sarflashi zarurligi alohida ta’kidlandi.


