O‘zlikni anglash – mustahkam poydevor
2026-06-19 15:00:00 / Yangiliklar

“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan shaxsiy tarkib ishtirokida “O‘zlikni anglash – mustahkam poydevor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirga ma’ruzachi sifatida Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi J. Norov taklif etildi. Suhbat davomida ma’naviy kamolot, milliy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda insonning o‘zligini anglashning jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni boyitish va xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkib uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati namoyish etildi.



