Temurbeklar izdoshlari mutolaa bilan kamol topadi
2026-06-19 11:20:00 / Yangiliklar

Harbiy-akademik litseyda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, o‘quvchilarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka davomida badiiy, ilmiy-ommabop hamda tarixiy adabiyotlar namoyish etilib, ishtirokchilarga o‘zlari qiziqqan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.


