🎓 Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining navbatdagi bitiruvchilariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.
2026-06-10 08:00:00 / Yangiliklar

Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida, Amir Temur haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati vakillari, mahalliy hokimlik, Qashqadaryo viloyati FVB rahbariyati, harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, soha faxriylari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va yuksak zafarlar tilandi.
Diplom topshirish tadbirining badiiy qismi Shahrisabz madaniyat saroyida davom ettirildi.









