Tajriba almashish — sifatli ta’lim garovi
2026-06-04 11:00:00 / Yangiliklar

❇️Harbiy-akademik litseyda o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
❇️Mashg‘ulotni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Raupov Dilmurod Rasulovich olib bordi.
❇️Dars davomida o‘quvchilarga fan yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlar chuqur tahlil qilinib, murakkab masalalarni yechish usullari, amaliy tajribalar hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari haqida batafsil tushunchalar berildi.






