Shahrisabz shahriga sayohat
2026-05-24 10:00:00 / Yangiliklar

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash hamda ularda yurtimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga nisbatan qiziqish va hurmat tuyg‘ularini oshirish maqsadida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchilari uchun Shahrisabz shahrining go‘zal va betakror maskanlariga sayohat tashkil etildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoa bilan hamkorlikda harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Counter-Strike” hamda “Cyber Sport” yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli sparring musobaqalari tashkil etildi.




