Sun’iy intellekt va informatika
2026-05-18 15:00:00 / Yangiliklar

"Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida informatika va axborot texnologiyalari fanidan I o‘quv kursi 4-25 guruhining"Deep Learning(Chuqur o‘rganish)" va 6-25 guruhining "Compyuter Vision(Kompyuterli ko‘rish)" jamoalari o‘rtasida “Sun’iy intellekt va informatika” shiori ostida viktorina bo‘lib o‘tdi.
🖥🤖 Viktorinada o'quvchilar sun'iy intellekt yordamida taqdimot yaratish, sun'iy intellekt turlari bo‘yicha savol-javob, dasturlash va sun'iy intellekt yetakchisi shartlari bo'yicha o‘z bilimlarini namoyish etdilar.
🏆 📷 Viktorinada 18:15 hisobi qayd etilib, bunda 6-25 guruhining "Compyuter Vision" jamoasi g‘olib bo‘ldi.





