15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilamiz – kelajagimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2026-05-15 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan oilada mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash bugungi davrning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi. Mustahkam oila — farovon jamiyat va porloq kelajak poydevoridir.







