15-may – Xalqaro oila kuni
2026-05-15 09:00:00 / Yangiliklar

Oila – inson taqdiri, jamiyatning ma’naviy qiyofasi va millat kelajagini belgilaydigan muqaddas qo‘rg‘ondir. Oila tinch va farovon bo‘lsa, yurt ham gullab-yashnaydi.
Bugungi tezkor va murakkab axborot zamonida oilaning o‘rni har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, ma’naviy barqarorlik, tarbiya va insoniy qadriyatlar avvalo oila muhitida shakllanadi.
Mustahkam oila bor joyda mehr-oqibat, ishonch, tarbiya va taraqqiyot bo‘ladi.
Xalqaro oila kuni muborak bo‘lsin! 💐
