Тarg'ibot tadbiri
2026-05-14 15:00:00 / Yangiliklar

❇️Qarshi harbiy prokuraturasi hamda Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy-akademik litseyga bilimli, keng dunyoqarashga ega, vatanparvar o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida Kitob tumani Matmon qishlog'idagi 65-umumtaʼlim maktabida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
❇️ Tadbirda HAL o’quvchilari tomonidan tayyorlangan qo’l jangi namoyishlari va ko’ngilochar konsert dasturi namoyish etildi.




