Kelajak himoyachilari navbatdagi muhim bosqichda!
2026-05-11 14:30:00 / Yangiliklar

Qarshi harbiy gospitali harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan harbiy-akademik litsey o‘quvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik jarayonida o‘quvchilarning salomatlik holati mutaxassis shifokorlar tomonidan atroflicha tekshirilib, ularning harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olishga tayyorgarligi baholandi.
🇺🇿 Vatan ravnaqi va yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlarimizga ulkan muvaffaqiyat va omad tilaymiz!




