Bitiruvchilar uchun muhim uchrashuv tashkil etildi!
2026-05-11 14:30:00 / Yangiliklar

Toshkent shahridagi ADJU universiteti prorektori Ulug‘bek Ruzimov harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyatlar, qabul jarayonlari hamda talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni oliy ta’limga yo‘naltirish, kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash va zamonaviy bilimlarni egallash borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
🎓 Yoshlarimizning ilm yo‘lidagi intilishlari va kelajak sari dadil qadamlariga omad tilaymiz!


