“Uch avlod uchrashuvi”
2026-05-08 11:00:00 / Yangiliklar

9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda:
🔹 Shahrisabz shahar Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi boshlig‘i, kapitan Abdurashidov Aktam Sultonovich;
🔹 Veteran jangchi-faxriylar jamoasi raisi, Afg‘on urushi ishtirokchisi Tojiddinov Baxtiyor Baxriddinovich;
🔹 Maxsus operatsiya kuchlari faxriysi, iste’fodagi mayor Axmedov Azamat;
🔹 Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori Uroqov Abdulaziz ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida faxriylar tomonidan yosh avlodga vatanparvarlik, mardlik va fidoyilik haqida qimmatli fikrlar bildirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilarda yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.







