“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
2026-05-07 15:00:00 / Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida shaxsiy tarkib uchun “Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish – jinoyat demakdir” mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirishning huquqiy oqibatlari, bunday noqonuniy harakatlar uchun belgilangan javobgarlik hamda qonunlarga hurmat bilan yondashish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Suhbat jarayonida tinglovchilarga huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va qonun ustuvorligini ta’minlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Yoshlar ongida qonunga hurmat, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan bunday tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
