“Abdulla Qodiriy she’riyati”
2026-05-07 14:30:00 / Yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 1-o‘quv kursi o‘quvchilari ishtirokida “Abdulla Qodiriy she’riyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar adib ijodining mazmun-mohiyati, she’riyatidagi vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlar haqida fikr almashdilar. Suhbat jarayonida Abdulla Qodiriy ijodidan namunalar o‘qilib, uning boy adabiy merosi yodga olindi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy adabiyotimizga mehr va yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.



