Amir Temur merosi va Uchinchi Renessans” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-04-03 00:00:00 / Yangiliklar
Konferensiya O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🎓 Tadbir davomida Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi xizmatlari, ilmiy va madaniy merosi hamda uning bugungi kundagi ahamiyati muhokama qilindi.
💻 Tadbir ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi va unda harbiy-akademik litseylar direktorlari, davlat va jamoat arboblari, olimlar hamda mutaxassislar keng ishtirok etdilar.
🌟 Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy tariximizga hurmatni oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.





