Hamkorlik sari muhim qadam!
2026-03-31 11:00:00 / Yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” hamda Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o’rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan anglashuv MEMORANDUMI imzolandi.

Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashish, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelajak avlodni yetuk, bilimli va fidoyi kadrlar sifatida voyaga yetkazish yo‘lida yangi bosqich boshlandi!


