Boshqarma haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi "Qamchiq" maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-iyuldagi PQ-2550-son qarori asosida tashkil etilgan.
Mazkur qarorga muvofiq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini muhofaza qilish, qutqaruv xizmatlarining tezkorligini oshirish hamda strategik ahamiyatga ega hududlarda xavfsizlikni taʼminlash vazifalari belgilangan. Shu asosda “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi dovon hududida avariya-qutqaruv, qidiruv va profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-son Farmoni, PQ-310-son hamda PQ-311-son qarorlari asosida favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning tayyorgarligini oshirish hamda tezkor harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar joriy etildi.
Ushbu hujjatlar asosida boshqarma faoliyati zamon talablari darajasida qayta takomillashtirilib, “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi sifatida dovon hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariya-qutqaruv ishlarini olib borish hamda aholi va transport harakati xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida samarali xizmat qilib kelmoqda.
