“REZAKSOY” KO‘PRIGIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI
2026-08-19 17:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 19-avgust kuni A-373 “Toshkent–Andijon” avtomobil yo‘lining 168,9-kilometrida joylashgan “Rezaksoy” ko‘prigida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashq davomida shartli YTH oqibatida soyga tushib ketgan avtomobildagi 2 nafar jabrlanuvchini qutqarish, ularga birinchi yordam ko‘rsatish, elektr tarmog‘ini o‘chirish hamda avtomashinani maxsus avtokran yordamida xavfsiz hududga olib chiqish ishlari amalda bajarildi.
Mashq davomida xizmatlararo hamkorlik va tezkor harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.









