Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
2026-08-13 22:00:00 / Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan barcha xodimlar ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Angren shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Mirxodjayev Azimjon Mirxosilovich, shuningdek, NBU Angren filiali boshlig‘i Mavlyanov Azizbek Mamajonovich ishtirok etib, jamoat joylarida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda kiberfiribgarlikdan himoyalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Xodimlarga noma’lum manbalardan kelgan havolalar, fayllar va ilovalardan foydalanmaslik, SMS-kodlar, PIN-kodlar, parollar va bir martalik tasdiqlash kodlarini begona shaxslarga bermaslik zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, kiberfiribgarlik holatlarining oldini olish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va hushyorlikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.






