"Yosh qutqaruvchilar" musobaqasi tashkil etildi.
2026-07-29 10:05:00 / Yangiliklar

Chodak navbatchilik maskani qutqaruvchilari tomonidan "Temiryo‘lchilar" oromgohida "Yosh qutqaruvchilar" musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar chaqqonlik, jamoaviy hamkorlik hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy shartlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tadbir yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va qutqaruvchilik kasbiga qiziqishni oshirishga xizmat qildi.






