Payshanba — “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
2026-07-24 10:45:00 / Yangiliklar

23-iyul kuni boshqarma boshlig‘i polkovnik X. A. Bobonov hamda Angren shahar prokurori A. Xayridinov ishtirokida harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat sirini saqlash hamda axborot va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, qimor va ortiqcha qarzdorlikning salbiy oqibatlari, oila-turmush munosabatlarida maishiy nizolarning oldini olish hamda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida Angren shahar prokurori A. Xayridinov tomonidan xodimlarni qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirish va batafsil javoblar berildi.







