“Dolzarb 60 kun” doirasida amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-07-22 19:50:00 / Yangiliklar

“Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirlari doirasida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi tomonidan avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan bozorchalar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda Ko‘ksaroy masjidida amaliy-taktik mashg‘ulot (ATM) o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, fuqarolar va mas'ul xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ob'ektlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.









