"Rezak" navbatchilik maskanida jangovar shaylik holati o‘rganildi
2026-07-21 19:30:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshlig‘i polkovnik X.A. Bobonov tomonidan "Rezak" navbatchilik maskani hamda Qutqaruv otryadining smena navbatchiligi shaxsiy tarkibining jangovar shayligi, texnika va maxsus jihozlarning shay holati ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida shaxsiy tarkibga xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, xizmatni mas’uliyat bilan olib borish hamda favqulodda vaziyatlarga doimo shay turish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.





