Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi
Hayot har doim ham tinch va xavfsiz bo‘lavermaydi.
Kutilmagan vaziyatlar har birimizni sinovdan o‘tkazishi mumkin.
Shunday paytda eng muhimi — to‘g‘ri harakat qilishni bilishdir.
Bu — shunchaki tavsiya emas, balki qonun talabidir.
2022 yil 17 avgustda qabul qilingan
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga ko‘ra,
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish — umumiy va majburiy hisoblanadi.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi 310-sonli qarori
hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 754-sonli qaroriga muvofiq, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarida ijtimoiy soha ob’ektlari, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va ishchi xizmatchilari hamda yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasiga mas’ul shaxslar ham
maxsus dasturlar asosida o‘qitilmoqda.
Bu yerda siz:
yong‘inlarning oldini olish va bartaraf etishni,
favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishni,
xodimlar va aholini xavfsiz evakuatsiya qilishni,
hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni amaliy tarzda o‘rganasiz.
Eng muhimi — ushbu o‘quv kurslari shartnoma asosida tashkil etilib,
har bir rahbar va fuqaro o‘z xavfsizligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Chunki xavfsizlik — bu faqat shaxsiy emas, balki jamoaviy mas’uliyatdir.
O‘zingizni, jamoangizni va yaqinlaringizni himoya qilishni istaysizmi?
Unda befarq bo‘lmang.
Ushbu o‘quv kurslarida o‘qish istagini bildirgan fuqarolar hamda rahbar xodimlar Farg‘ona viloyati FVBning 73 kodi bilan 241 67 37 telefon raqamiga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz
Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarida bilim oling.
Chunki bilim — bu hayotni saqlab qoladigan kuchdir.
