KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH VA XIZMAT INTIZOMI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-11-05 12:25:00 / Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH VA XIZMAT INTIZOMI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari Zoom platformasi orqali qatnashdilar.
Yig‘ilishda, avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga e’tibor qaratilib, “Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hodisadir” mavzusida tushuntirishlar berildi. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalasi muhokama qilinib, shaxsiy tarkibga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, transport vositalarini boshqarishda hushyorlikni saqlash hamda tezlik me’yorlariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan harbiy xizmatchi va xizmatchilarning xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda yuksak muomala madaniyatini saqlashi zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlaridan tiyilish yuzasidan ogohlantirishlar berildi.









