O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas'ullari, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Farg‘ona shahrida is gazidan zaharlanish oldini olish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
2026-11-04 12:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas'ullari, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Farg‘ona shahrida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Unda, Farg'ona shahar prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Ichki ishlar boshqarmasi, gaz va elektr ta’minoti korxonalari, mahallalar uyushmasi, aholi xonadonlaridagi gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi «Energo Digit» MChJ hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Yo‘riqnoma davomida aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish va yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, fuqarolarga gaz va isitish uskunalaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha tavsiyalar berish hamda xonadonlarda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish barcha mas’ullarning birdek vazifasi va mas’uliyati ekanligi alohida ta’kidlandi.









