O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Rekrutment bo‘limi boshlig‘i polkovnik Umidjon Yusubekovich Xamdamov hamda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovich bilan uchr
2026-10-19 09:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Rekrutment bo‘limi boshlig‘i polkovnik Umidjon Yusubekovich Xamdamov hamda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovich bilan uchrashuv bo‘lib o'tdi.
Uchrashuvda davomida Farg‘ona viloyatidagi 965 ta umumtaʼlim maktablariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qarori asosida Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi yangiliklar, Akademiyaga o‘qishga qabul jarayonlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi va joriy yilning 20-oktabr kuni soat 14:30 da Zoom platformasi orqali yetkazish kelishib olindi.

