Yoshlar tashabbuslari marafoni – yoshlar va harbiylar bir maydonda
2026-10-07 17:55:00 / Yangiliklar

Respublika miqyosida o’tkazilayotgan “Harbiy yugur” shiori ostidagi ommaviy yugurish marafoni Farg’ona viloyatida ham katta uyushqoqlik va bayramona kayfiyatda bo’lib o’tdi. Viloyat Yoshlar ishlari agentligi hamda hamkor tashkilotlar, shuningdek, Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 200 dan ortiq harbiy xizmatchilari ham mazkur marafonda faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularda vatanparvarlik, fidoyilik va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Shuningdek, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi loyihalar sari ruhlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur marafon yoshlar va harbiylar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, faol va tashabbuskor avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim maydonlardan biri bo‘ldi.








